Namanganda arxeologik yodgorlik hokimlik qarori bilan tadbirkorga berib yuborilgan

Namangan viloyati, Uychi tumanidagi arxeologik yodgorlikka hokimlik qarori bilan katta zarar yetkazilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi "Moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk obyektlari milliy ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida"gi 846-qaroriga asosan madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olingan respublika toifasidagi Uychi tumani, "Pastguzar" mahallasi Beruniy ko'chasida joylashgan "Uychi manzilgohi (BT-3)" arxeologik yodgorligi bo'lishiga qaramay, tuman hokimining 2019-yil 6-apreldagi 1473-sonli qaroriga asosan fuqaro T. D. ga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun noqonuniy tarzda berib yuborilgan.

Joriy yilning aprel oyida T. D. mazkur tepalikni uzunasiga 53 metr, eniga 40 metr, balandligi 16 metr, jami 0.21,4 ga maydonini texnika yordamida kavlab, madaniy meros obyektini buzib, katta miqdorda zarar yetkazgan.

Namangan viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan holat o'rganilib, to'plangan hujjatlar Namangan viloyati prokuraturasiga qonuniy chora ko'rish uchun yuborildi. 

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan Uychi tuman hokimligi mansabdor shaxslari hamda MChJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61713 | Инструменты