Huawei 1
O‘zbekistonda birinchi san'at asarlari auksion uyi ochildi

O‘zbekistonda birinchi auksion uyi va baholash kompaniyasi ish boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, uning asosiy faoliyati mamlakatdagi tasviriy va amaliy sanʼat sohasidagi ijodkorlarning reytingini oshirishga qaratilgan. Tashkilot ijodkorlarning asarlarini sotish va baholash imkoniyatini yaratib beradi.Birinchi auksionda respublikada yashab ijod qilgan mashhur rassomlar bilan bir qatorda, tanilmagan rassomlarning asarlari ham savdoga qo‘yiladi.

Sanʼat asarlarini baholovchi yagona tashkilot rasmlar ko‘rgazmasi, baholash komissiyasi, texnologik tajribalar laboratoriyasi, sanʼat obyektlarini ekspertizadan o‘tkazish va kimoshdi savdosi jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41914 | Инструменты