O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati tomonidan nashr etilgan "O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" turkumidagi 50 jildlik kitob va albomlarni "Luvr" muzeyiga topshirish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo"AA.
Tantanali marosimda "O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" loyihasi haqida batafsil ma'lumot berildi. Xususan, mazkur loyiha mamlakatimizda yaratilgan ammo hozirda Yevropa, Rossiya, Osiyo, Amerika, Afrika va boshqa mintaqalardagi turli muzeylar hamda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan arxeologik osori atiqalar – noyob miniatyurali nodir qo'lyozmalar, san'atning turli amaliy buyumlarini kataloglashtirish g'oyasiga asoslangani haqida so'z yuritildi.
Luvr muzeyi direktorining diplomatik maslahatchisi Lionard Baltazar O'zbekiston madaniy merosiga oid keng ma'lumotlarni o'z ichiga olgan kitoblar turkumi taqdimoti uchun minnatdorlik bildirdi.
"Ushbu nodir kitoblar Luvr muzeyi kolleksiyasining qimmatli eksponatlari qatoridan joy oladi. Ular kelgusida ilmiy izlanishlar olib borish niyatida bo'lgan fransuzlar va tadqiqotchilar uchun muhim manba bo'lib xizmat qiladi", dedi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты