O'zbekistonda 37 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilish uchun qariyb 85 mlrd so‘m ajratiladi
Hukumatning tegishli qaroriga asosan joriy yilda investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan 37 ta madaniy meros obyektlarida restavratsiya ishlariga 84,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi, deya xabar bermoqda Madaniy meros agentligi. Unga ko'ra loyihalar ishlab chiqilib, ilmiy ekspert kengashidan o‘tkaziladi.
Shuningdek, 2022-yil 1-iyulga qadar, respublika hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan 8210 ta madaniy meros obyektlaridan 740 tasida ijara shartnomasi tuzilgan. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-sonli qarori bilan uzoq muddatga ijaraga berilgan madaniy meros obyektlari 23 tani tashkil qiladi. O‘zganishlar natijasida 60%ga yaqin holatda madaniy meros obyektlarini saqlash, foydalanishga berish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi va vaziyatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.
Xususan, viloyatlarda joylashgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini foydalanishga (ijaraga) berish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holatini o‘rganish yuzasidan 15,3 mlrd so'm debitor qarzdorlik aniqlandi. Ish jarayonida shundan 1,2 mlrd so'm qarz mablag‘lari undirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60914 | Инструменты