Huawei 1
Raqamlashtirish bilan birgalikda kiber xatarlar xavfi ham oshib bormoqda – Markaziy bank

To‘lov tizimlari hamda raqamlashtirish jarayoni jadallashishi bilan birga kiber xatarlarning sodir bo‘lishi ham oshib bormoqda.

Markaziy bankning O‘zbekiston moliyaviy barqarorligi uchun asosiy xatarlar va ularni yengillashtiruvchi choralar borasidagi sharhida qayd etilishicha, ushbu turdagi xatarning oshishi moliya tizimiga bo‘lgan ishonchning susayishiga va natijada moliya tizimi barqarorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, kiberxujumlar, axborot xavfsizligining buzilishi hamda axborotlarni o‘g‘irlash ko‘rinishidagi operatsion xatarlarning ortishi moliya tizimi ishtirokchilarining tashqi hodisalar taʼsiridagi moliyaviy yo‘qotishlarini oshiradi.

Bunda xatarni yengillashtiruvchi choralar:

  • amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish hamda shubhali hisoblangan tranzaksiyalar uchun cheklovlarni o‘rnatish;

  • axborot vositalarining rivojlanib borayotgan sharoitda moliya tizimi ishtirokchilari tomonidan bardoshli axborot xavfsizligi tizimlarini ishlab chiqish va takomillashtirib borish;

  • kiberhujumlar va firibgarlik bo‘yicha aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish hisoblanadi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60914 | Инструменты