Huawei 1
O'zbekistonda Xalqaro kulolchilik forumi o‘tkaziladi

“Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5229-son, 23.08.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi (Forum) o‘tkaziladi.

Dastlabki Forum 2022 yil sentyabr oyida Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida II Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladigan kunlari tashkil etiladi.

Forum Tashkiliy qo‘mita tomonidan Prezident Administrasiyasi bilan kelishilgan holda kelgusida bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida o‘tkazilishi mumkin.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 martgacha Forum rasmiy veb-sayti ishga tushiriladi, jumladan unda hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovg‘alari sotuvi tashkil etiladi.

Shunga ko‘ra, mazkur veb-sayti orqali hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovg‘alari sotilganda 2024 yil 1 oktyabrgacha davlat xaridlarini amalga oshirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.

Xorijga olib chiqib ketish uchun badiiy ekspertizadan o‘tkazilishi talab etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovg‘alari ular sotib olingan kunda tadbirlar o‘tkazilayotgan joyning o‘zida to‘lov undirilmasdan badiiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110500 | Инструменты