O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Qashqadaryo viloyati hokimining investitsiyalar va eksport masalalari bo'yicha yangi tayinlangan maslahatchisi – Britaniyaning "Room Seven Capital Partners" kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Peter Margetts bilan uchrashuv o'tkazdi.
Suhbat davomida Qashqadaryo viloyatiga xorijiy investitsiyalarni va kompaniyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida joriy yil 4 noyabr kuni Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Tashrif davomida Britaniya delegatsiyasi O'zbekistonning vazirlik va idoralarida hamda Toshkent, Qarshi va Termiz shaharlarida B2B formatida bir qator uchrashuvlar o'tkazadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122700 | Инструменты