Huawei 1
“O'zbekkonsert” rahbari vazifasidan ozod etildi, Sanjar Erdanovga muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi

“O'zbekkonsert” davlat muassasasining 2023 yildagi 9 oylik faoliyati yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raislik qildi.

Ma'lum qilinishicha, “O'zbekkonsert” rahbari vazifasini bajarib kelgan D. Sheraliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. Shu paytga qadar direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Erdanov Sanjar Sobirovichga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.

Muassasa markaziy apparati va barcha hududiy bo‘limlarning hisoboti eshitilib, natijalar tahlil qilindi. O‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba  ogohlantirildi. Shuningdek, joriy yilning yakunigacha ish faoliyatida ijobiy natijaga erishishlari zarurligi bildirilib, o‘zgarish bo‘lmasa, vazifasidan ozod etilishlari takidlandi.

Yigilish davomida Muassasaning ish faoliyati qayta ko‘rib chiqlib, bir oy mobaynida yangi ijodiy loyihalar bo‘yicha aniq choralar belgilanishi, soha mutaxassislari bilan Respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan konsert-tomosha va ko‘ngilochar tadbirlarining dasturlarini alohida etiborga olish, agarda kamchliklar va xatolar kuzatiladigan bo‘lsa, ularni bartaraf etish uchun hududiy ommaviy tadbirlar Komissiyalari orqali ish olib borish, yosh iqtidorlarni kashf etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10313 | Инструменты