Shavkat Mirziyoyev 31-dekabr kuni mamlakatni ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlantirishda strategik tahlil va tadqiqotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Hujjat bilan, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.
Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda prezidentga kiritib borish kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari bo‘yicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda ularni o‘tkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo‘lgan maslahat organi hisoblanadi.
Kengash faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlash Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bu lavozimni 2023-yil avgustidan buyon Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umurzakov egallab kelmoqda.
Kengash tarkibida quyidagi yo‘nalishlarga mas’ul bo‘lgan ishchi guruhlar tashkil etiladi:
Alpha version: 0.9.1.19 build 10514 | Инструменты