Huawei 1
IESda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun o‘tgan 3 sutkada 120,1 million kub metr tabiiy gaz va 42,2 ming tonna ko‘mir sarflandi

IESda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun o‘tgan 3 sutkada 120,1 million kub metr tabiiy gaz va 42,2 ming tonna ko‘mir sarflandi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ boshqarma boshlig‘i Firuza Turg‘unova maʼlum qildi.

2024 yilning 30-31 dekabr va 2025 yilning 1 yanvar kunlari jami 668,1 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan ishlab chiqarilgan 571,2 million kVt.soat elektr energiyasi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Respublika miqyosida barcha aholi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tizim korxonalarida tunu kun ishlar tashkil etilgan.

Mavsumni betalofat o‘tkazish uchun ular tarkibiga 2 mingdan ortiq malakali mutaxassis hamda 112 ta maxsus texnika biriktirilgan. Rahbar va masʼul mutaxassislardan iborat 10 ta tunu kun faoliyat olib boruvchi navbatchilik guruhlari ish olib boryapti.

“Toshkent issiqlik markazi” korxonasining 10 ta issiqlik markazidagi 60 ta qozon agregatidan 15 tasida mukammal, 45 tasida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.

Taʼmirlash va sozlash ishlari natijasida mavjud elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari 291 megavatt va issiqlik ishlab chiqarish samaradorligi 235 tonna soatga oshirilishiga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10514 | Инструменты