Huawei 1
Ra'no Yarasheva va Dilnoza Kubayeva "Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist" bo'lishdi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining qarori bilan 15-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri aktyorlari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hojiakbar Komilov, Ra’no Yarasheva, Dilnoza Kubayeva “Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.Dilnoza Kubayeva buni Instagramdagi sahifasida ma'lum qilib: "Tabriklang, azizlar. Dilnoza Oqilbkeovna Kubayevaga ‘Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist’ unvoni berildi", — deya izoh qoldirgan.Ra'no Yarasheva esa, bu haqda video joylagan va xursandchiligini obunachilari bilan bo'lishgan.

"Assalomu alaykum, hurmatli kuzatuvchilarimiz, bugun mana, chorshanba, murodbaxsh kun. Kecha ikki teatr uchun ham quvonchli kun bo'ldi. Bir emas yetti kishiga unvonlar berildi. Ularning ichida men ham borligimga Alhamdulillah, shukur qilaman. Hojiakbar aka Komilov, Dilnoza Kubayeva va menga ‘Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist’ unvoni berildi", — deydi Ra'no Yarasheva.

Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri vokal artistlari – Gulsara Jumaniyazova, Suluxan Ganiyeva va Kupjursin Allanazarovlar “Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.

Kino va teatr olamida allaqachon 20 yillik yo‘lni bosib o‘tgan Dilnoza Kubayeva esa ustoz san’atkorlardan so‘ng uni nomi ham e’lon qilinishi o‘zi uchun kutilmagan holat bo‘lganini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43006 | Инструменты