Huawei 1
Toshkent modernizmiga bagʻishlangan ikkita yirik kitob Oʻzbekiston poytaxti meʼmoriy merosini asrab-avaylash boʻyicha yirik loyiha doirasida nashr etildi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ikki yangi kitob nashr yuzini ko‘rganini e’lon qiladi, bular: Tashkent: A Modernist Capital (“Rizzoli New York” nashriyoti) va Tashkent Modernism XX/XXI (“Lars Müller” nashriyoti) deb nomlanib, O‘zbekiston poytaxtining hamon to‘liq yetarlicha baho berilmagan me’morchiligiga oydinlik kiritadi. 

Kitoblar Jamg‘arma rahbarligi hamda GRACE, Politecnico di Milano (Milan politexnika universiteti), Boris Chuxovich, Armin Linke va “Laboratorio Permanente” kabi xalqaro ekspertlar jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli Tashkent Modernism XX/XXI tadqiqot loyihasining salmoqli yutug‘iga aylandi. Bugungi kunga qadar mazkur loyiha doirasida Toshkent shahridagi 20 ta modernizm uslubidagi inshoot milliy meros maqomiga ega bo‘ldi.

“Rizzoli New York” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Tashkent: A Modernist Capital” kitobi Karel Balas tomonidan tasvirga tushirilgan Toshkentning 24 ta diqqatga sazovor modernizm binolarining fotosuratlaridan iborat bo‘lib, san’atshunos va “Fondation Cartier” bosh direktori Kris Derkonning so‘zboshisini o‘z ichiga oladi. Kitob Beatris Grenyening bosh hikoyasi bilan 1960-yillardan 1990-yillarning boshlarigacha qurilgan ushbu ajoyib binolarning o‘ziga xos me’moriy fazilatlarini ochib beradi. 

Jozibador tasvirlar va izohli matnlar o‘quvchilarga Toshkentning boy madaniy merosiga yangicha razm tashlashni taklif etadi.“Lars Müller” nashriyot-matbaa uyining “Tashkent Modernism XX/XXI” nashri shu nomdagi 3 yillik tadqiqot loyihasining sintezi hisoblanadi. Ushbu kitob uzoq davom etgan tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan arxiv vazifasini bajaradi. 

U, shuningdek, XX asr merosi va butun dunyo bo‘ylab modernizm uslubidagi me’morchilikni saqlab qolish bo‘yicha jahon miqyosidagi bahs-munozaralarga hissa qo‘shadi. Kitob Boris Chuxovich, Davide Del Kurto va Yekaterina Golovatyuk tahriri ostida tayyorlangan bo‘lib, unda Toshkent modernizmi va umuman modernizm me’morchiligini saqlab qolish masalalari haqida tahliliy esselar, shuningdek, Toshkentdagi qator modernizm binolarini muhofaza qilish bo‘yicha monografik tadqiqotlar va strategiyalar o‘rin olgan. Shuningdek, kitobdan jahonshumul me’mor Rem Kolhas bilan intervyu va Armin Linkening foto loyihasi o‘rin olgan.“Tashkent Modernism XX/XXI” loyihasi koordinatori – GRACE me’morchilik byurosi ushbu merosni asrab-avaylash bo‘yicha ishlarni davom ettirib, Venetsiyadagi Biennale Architettura 2025’da O‘zbekiston pavilioniga muhofizlik qiladi.

 

“Tashkent Modernism XX/XXI” tadqiqot loyihasini boshlash tashabbusi va g‘oyasi 2017-yilda Toshkentdagi mashhur modernizm binosi bo‘lmish Kinochilar uyi buzib tashlangach paydo bo‘lgan. O‘zbekiston poytaxtidagi modernizm me’moriy merosini himoya qilishning nihoyatda zarur ekanligiga duch kelib, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi merosni asrab-avaylash bo‘yicha me’morlar, tarixchi va yetakchi mutaxassislarning xalqaro jamoasini birlashtiradi. Ularning vazifalari poytaxtning 24 ta asosiy zamonaviy obyektlarini hujjatlashtirish, qayta anglash va himoya qilishdan iborat bo‘ladi.

 Bir necha yil davomida loyiha jamoasi me’moriy merosni asrab-avaylash metodologiyasini ishlab chiqdi va Toshkentning boshqa shaharlardan ajralib turuvchi o‘ziga xosligi uchun modernizm me’morchiligining muhimligini isbotlaydi. Loyiha doirasida 20 ta inshootga milliy meros maqomi berildi, butun O‘zbekiston bo‘ylab turar-joy majmualarining fasad va interyerlarini bezab turgan 154 ta zamonaviy mozaika pannolari qo‘shimcha muhofaza maqomiga ega bo‘ldi. Shuningdek, Toshkentdagi modernizm yodgorligi namunalarini YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Loyiha butun Oʻzbekistondagi meʼmoriy yodgorliklarni asrab-avaylash boʻyicha saʼy-harakatlarni ilhomlantirish va mustahkamlashga qaratilgan. 

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova: “Tashkent Modernism XX/XXI” – jahon miqyosida misli yo‘q loyiha. U yetakchi mutaxassislar, faollar va davlat tuzilmalarining me’moriy merosni muhofaza qilish, tadqiq etish va asrab-avaylashga nisbatan yondashuvlarni chinakam va salmoqli darajada o‘zgartirish maqsadida birlashtiradi. Ikki yangi kitob: “Tashkent: A Modernist Capital” va “Tashkent Modernism XX/XXI” shu singarui keng ko‘lamli faoliyat mahsulidir. Ular zalvarli, ammo yetarli darajada qadr-qimmatlanmagan me’morchilikka diqqat-e’tibor beradi. Umid qilamanki, mazkur nashrlar Toshkent modernizmi va umuman O‘zbekistonning boy madaniy merosining ahamiyatini chuqurroq anglash imkonini beradi”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32019 | Инструменты