Huawei 1
Toshkent shahridagi 4 ta maktabga san'at darg'alari nomi berildi

O'zbek milliy kino san'atini rivojlantirish, san'atga umri baxshida bo'lgan ijodkorlarni sharaflash va nomini abadiylashtirish yo'nalishida tizimli ishlar qilinmoqda.

Shu kunlarda poytaxtimizda o'tkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali va unga tayyorgarlik yuzasidan olib borilgan ishlar fikrimizga tasdiq bo'la oladi.

Shunday tadbirlardan yana biri poytaxtimizdagi 4 ta umumta'lim maktabiga milliy kino san'ati namoyondalari nomining berilishi bo'ldi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qaroriga ko'ra, Yunusobod tumanidagi 96-sonli umumta'lim maktabiga Nabi G'aniyev, Chilonzor tumanidagi 138-sonli umumta'lim maktabiga Yo'ldosh A'zamov, Shayxontohur tumanidagi 169-sonli umumta'lim maktabiga Komil Yormatov, Mirzo Ulug'bek tumanidagi 222-sonli umumta'lim maktabiga Shukur Burxonov nomi berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91115 | Инструменты