Huawei 1
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi harbiy tajovuzni qoraladi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Doha shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning favqulodda arab-islom sammiti ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini yetkazdi.

"Prezidentimiz bayonotida birodar Qatar xalqi va barcha musulmon mamlakatlari bilan mustahkam birdamligini qayt etib, Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan so‘nggi harbiy tajovuzni keskin qoraladi", deydi vazir.

O‘zbekiston o‘zining qat’iy pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi:

  • barcha mojarolar tinch yo‘l va diplomatiya yordamida hal qilinishi lozim;
  • xalqaro hamjamiyat zo‘ravonlikni to‘xtatish va vaziyatning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun shoshilinch choralar ko‘rishi zarur;
  • BMT qarorlariga muvofiq Falastin xalqining mustaqil davlat tuzish bo‘yicha qonuniy huquqi hurmat qilinishi shart;
  • O‘zbekiston jabrlanganlarga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyor, bu allaqachon mamlakatda falastinlik fuqarolarning bir guruhini qabul qilish va qo‘llab-quvvatlash orqali namoyon bo‘ldi.

Sammit mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida birlikni namoyish etish va samarali qo‘shma qarorlar ishlab chiqish uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91619 | Инструменты