Huawei 1
Toshkentdagi G'afur G'ulom bog'i "Dream Park" nomi bilan ochildi

Joriy yil 24-oktyabrdan Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan "Gʻafur Gʻulom" bog‘i yangi "Dream Park" nomi bilan test rejimida faoliyat boshladi. 

Ushbu bog'da qariyb 2 yil davom etgan ta’mirlash ishlari nihoyat yakuniga yetmoqda. Hozirda bog‘ test rejimida faoliyat boshladi. Bunda o‘rnatilgan uskunalar aholi xavfsizligi uchun qayta-qayta sinovdan o‘tkazilib, tozalash va tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

"Biz faqatgina poytaxtning eng yirik yashil hududlaridan birini saqlab qolishni emas, balki hududni yangi va turli daraxtlar, butalar va gullaydigan o‘simliklar bilan to‘ldirishni ham o‘z oldimizga vazifa sifatida qo‘ygandik", – deydi bog‘ direktorining o‘rinbosari Zafar Mirzaulukov.

Aytilishicha, bog‘ning avvalgi tabiatini tiklash uchun ko‘p kuch va mablag‘ sarflangan. Uning barcha rasta, kafe va kabob tayyorlaydigan joylari tozalandi. Katta e’tibor landshaft dizayniga qaratilgan va bunda bog‘ maksimal darajada tabiiy bo‘lib,  uyg‘unlik saqlab qolimdi hamda u "ekofrendli" uslubida yangilandi. 

Yana bir narsa – bog'ning charxpalagi qaytarildi va u yopiq kabinkalar va kondisionerlash tizimiga ega zamonaviy jihozlandi.

Undan tashqari bog‘ hududida joylashgan ikkita ko‘l ta’mirlanib, gidrotizimlar to‘liq o‘zgartirildi, shuningdek, ko‘llarning atrofida plyaj zonalari va tabiat qurshovida dam olish uchun joylar yaratildi. 

Ko‘llarning birida qayiq va katamaranlar saqlab qolinmoqda, ikkinchi ko‘l esa o‘rdaklar uchun ajratilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga