U yerda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti to‘plamlarida saqlanayotgan 18 ta eksponat namoyish etilmoqda.
Pekindagi “Gugun” Imperator saroyi muzeyida “Bir makon, bir yoʻl” anjumani doirasida Madaniy meros va arxeologiya sohasida “Bir makon, bir yoʻl” hamkorligi” nomli arxeologik koʻrgazma ochildi.
U yerda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti to‘plamlarida saqlanayotgan 18 ta eksponat namoyish etilmoqda.
“Taqiqlangan shahar” nomi bilan ham mashhur “Gugun” muzeyi Pekindagi Imperator saroyi negizida yaratilgan osmon osti saltanatidagi eng yirik muzeylardan biri va YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan ilk xitoy inshootidir.
Shu kabi imkoniyat va tashabbuslar sharofati bilan O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosini xalqaro jamoatchilikka namoyish etish salohiyatiga ega bo‘lmoqda.
Ko‘rgazma 2024-yil 5-yanvarga qadar muxlislar uchun muntazir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122300 | Инструменты