Oʻzbekiston yana bir xalqaro bitimga qoʻshildi
“Zaytun moyi va zaytun mevasi toʻgʻrisidagi xalqaro bitimga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Qonun (OʻRQ-704-son, 02.08.2021-y.)qabul qilindi. Hamda prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Oʻzbekiston mazkur xalqaro bitimga qoʻshildi.
Ma'lumot uchun, mazkur bitim 2015-yil 9-oktyabrda Jeneva shahrida qabul qilingan.
Unda: Jazoir, Iordaniya, Argentina, Latviya, Belgiya, Liviya, Kot -d’Ivuar, Lyuksemburg, Gollandiya, Kipr, Chexiya, Ispaniya, Misr, Suriya, Arab Respublikasi, Fransiya, Tunis, Germaniya, Turkiya,Gretsiya, Ukraina, Eron, Urugvay, Italiya, Venesuela (Bolivar Respublikasi) davlatlari hamda Yevropa Ittifoqi, Xalqaro zaytun kengashi assotsatsiyalari ishtirok etgan.
Ushbu bitimga esa Albaniya,Jazoir, Argentina, Misr, Gruziya, Eron, Isroil, Iordaniya, Livan, Liviya, Chernogoriya, Marokash, Falastin, Tunis, Turkiya, Urugvay hamda Yevropa Ittifoqi a'zo hisoblanadi.
Bitimning asosiy maqsadi - zaytun yetishtirish sohasidagi milliy va xalqaro qonunchilikni uyg'unlashtirish, ma'lumot almashishni osonlashtirish, ilmiy -tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, zaytun yetishtirish va neft ishlab chiqarish sohasidagi texnik hamkorlik va tadqiqotlarni rag'batlantirishdan iborat.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50608 | Инструменты