Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligiga erishish ishlarini jadallashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan ayrim hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu o‘zgarishlar davlat ishtirokidagi korxonalarning eksklyuziv huquqlarini bekor qilish, bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligini ta’minlashga qaratilgan.
Xususan, O‘zenergosotish davlat kompaniyasining O‘zbekistonda elektr energiyasining yagona xaridori maqomi bekor qilinmoqda. Boshqa kompaniyalar litsenziyaga ega bo‘lgan taqdirda energiyaning ulgurji va chakana savdosiga qo‘yiladi.
Shuningdek, O‘ztransgaz'ning yagona operator sifatida tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha eksklyuziv huquqi tugatiladi. Shu bilan birga, kompaniya import va eksport gazini o‘z ichiga olgan “ko‘k yoqilg‘i” yetkazib berish bilan shug‘ullanishda davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50601 | Инструменты