Huawei 1
11 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 57,3 mlrd AQSH dollariga yetgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSH dollariga yetgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 26,2 % ga oshgan.

Eksport – 23,2 mlrd (30,6 % ga oshgan)

Import – 34,1 mlrd (23,3 % ga oshgan)

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida jahonning 199 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,3 %), Rossiya (15,5 %), Qozog‘iston (7 %), Turkiya (5 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122309 | Инструменты