Huawei 1
2 oyda 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 150,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu koʻrsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9  martaga yoki 115,5 ming tonnaga koʻpaygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,6 %), Rossiya (26,1 %),  Qozogʻiston (9,1 %) va Xitoy (9 %)  davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 4,1 % ini tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты