2023-yil yanvar-avgust oylari bo‘yicha O‘zRVB valyuta bozori sharhi e'lon qilindi.
Joriy yilning o‘tgan 8 oyi yakunlariga ko‘ra:
— valyuta bozorida savdolarning umumiy hajmi 296,45 trln. so‘m;
— o‘tgan yilgi xuddi shu ko‘rsatkichga nisbatan o‘sish 44,70 foiz (2022-yilda 204,88 trln. so‘m);
— valyuta bozori bitimlari ulushi umumiy savdo hajmining 43,73 foizini tashkil etdi.
Hisobot davrining so‘nggi savdo kunidagi USD/UZS valyuta juftligi bo‘yicha almashuv kursi 12 102 so‘mni tashkil etdi. Yil boshidagi ko‘rsatkichga (11 246,81 so‘m) nisbatan o‘zgarish 7,60%ni tashkil tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zRVB valyuta bozorida USD/UZS, EUR/UZS, RUB/UZS va CNY/UZS valyuta juftliklari bo‘yicha spot operatsiyalari amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62609 | Инструменты