Huawei 1
Ayrim tovarlarga nisbatan import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinmoqda

O'zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik maqomiga erishish borasida qator davlatlar bilan kelishuvlarga erishdi va bu jarayon davom etmoqda. Qonunchilik hujjatlarini xalqaro normalarga, Jahon savdo tashkilotining qoidalariga  moslashtirish maqsadida  ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Qonun Senat yalpi majlisida muhokama qilindi. Bu haqda Senat yalpi majlisida ishtirok etgan UzReport TV muxbiri xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bugungi kunda respublika importining 32,3 foizi erkin savdo rejimi o‘rnatilgan mamlakatlar, 61,4 foizi eng ko‘p qulaylik berish rejimi qo‘llanilayotgan davlatlar hissasiga va qolgan 6,3 foizi savdo rejimi belgilanmagan davlatlar yoki ishlab chiqargan mamlakati aniqlanmagan tovarlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Respublikaga import qilinayotgan tovarlarning 95 foizi Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlardan, qolgan 5 foizi esa ushbu tashkilotga aʼzo bo‘lmagan davlatlardan olib kelinmoqda. Bu esa Jahon savdo tashkilotiga  qo‘shilgan  barcha davlatlar bilan bir xil rejim asosida ishlashni taqazo etadi. Bu holtani inobatga olgan holda, mazkur qonun bilan Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Bundan tashqari Bojxona rasmiylashtiruvlaridan  so‘ng Davlat byudjetiga  tushadigan  bojxona to‘lovlarining muddati 5 ish kunidan 3 ish kuniga qisqartirilmoqda. Taʼkidlanishicha, mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan milliy qonunchilik normalarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish orqali tashqi savdoni adolatli qoidalar asosida amalga oshirishga, import va eksport ko‘lamini kengaytirishga erishiladi. 

Muhokamalardan so‘ng qonun maʼqullandi

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Senat muxolif partiya huquqlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan qonunni maʼqullagani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72206 | Инструменты