Huawei 1
Xalq deputatlari Mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar o'tkaziladi

Prezident Farmoni (PF-98-son, 23.06.2025 y.) bilan “O'zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga ko'ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

- Mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish;

- aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni “mahalla yettiligi” – tuman (shahar) Kengashi –viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytirish

- Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlash;

- Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish

- Mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-institusional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash;

- Mahalliy Kengashlar faoliyatida o'zaro va xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish;

- Mahalliy Kengashlar faoliyatini to'liq raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasini takomillashtirish.

Farmonga ko'ra, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga quyidagi vakolatlar o'tkaziladi, jumladan:

- davlat ko'chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to'lovining eng kam stavkalarini belgilash;

- dafn etish joylarini saqlash qoidalarini va dafn etish xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha tariflar miqdorini tasdiqlash;

- yo'llarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yo'l belgilari o'rnatib) ruxsat berish.

Byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismi mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantiriladi.

Shuningdek, jamoatchilik asosida mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar guruhlari hamda Maslahat guruhlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, “E-Kengash” elektron platformasi “qulaylik – soddalik – xavfsizlik” tamoyili asosida doimiy takomillashtirib boriladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62600 | Инструменты