Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilda xorijdan qiymati 224,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 24 095 ta elektromobil import qilgan.
2024-yilda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 23 982 ta
— Qozog‘iston – 51 ta
— Gonkong – 17 ta
— Germaniya – 15 ta
— BAA – 13 ta
— AQSH – 10 ta.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin elektromobillar uchun 45 mln so‘mdan 78 mln so‘mgacha utilizatsiya yig‘imi undirilishi haqida xabar bergan edik. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 2025-yil 1-maydan kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20520 | Инструменты