Adliya vazirligida O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini tuzish va ijro etish qoidalariga (ro'yxat raqami 3558-4, 2026 yil 20 fevral)qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi buyruq davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Ushbu hujjat bilan ilk bor byudjet sohasidagi normativ-huquqiy hujjatga genderga yo'naltirilgan byudjetlashtirish va “yashil” byudjetlashtirish tushunchalari kiritildi.
Unga ko'ra, har yili kelgusi moliya yili uchun budjet prognozi va undan keyingi 2 yil uchun byudjet mo'ljallarini aniqlash maqsadida ishlab chiqiladigan fiskal strategiyada hamda byudjetnomada «yashil» budjetlashtirish va genderga yo'naltirilgan byudjetlashtirish bo'yicha erishilgan natijalar va kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar to'g'risidagi tahliliy ma'lumotlar ko'rsatilishi lozim.
Byudjet mablag'larini taqsimlovchilar tomonidan tuziladigan rivojlantirish dasturida byudjet mablag'larini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari bo'yicha quyidagi maqsadlarni inobatga olgan ko'rsatkichlar belgilanishi lozim:
- rivojlanishning asosiy yo'nalish, maqsad va vazifalari;
- sifat va miqdor;
- ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratish;
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22019 | Инструменты