4 oyda "O'zbekiston temir yo'llari" 35,9 mln tonna yuk tashidi
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ yuk tashish hajmi 2022-yil yakunlariga ko'ra 103,4 foizga o'sib, 102,3 mln tonnani tashkil etdi.
Ichki tashuvlarda o'sish 3,2% yoki 61,7 million tonnani tashkil etdi, xalqaro tashuvlardagi o'sish esa 3,9% yoki 40,6 million tonnani tashkil etdi.
2023-yilning yanvar-aprel oylarida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yuk tashish hajmi 2022-yilning shu davriga nisbatan 108,3 foizga o'sib, 35,9 mln tonnani tashkil etdi.
Ichki tashuvlarda o'sish 0,1% yoki 19,8 million tonnani, xalqaro tashuvlarda esa o'sish 20,6% yoki 16,1 million tonnani tashkil etdi. Temir yo'l transportida sanoat mahsulotlarining tashuv dinamikasi kuzatilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112605 | Инструменты