Isroil poytaxti Tel-Avivda noma’lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida bir necha kishi yaralandi. Bu haqda politsiya ma’lumotlariga tayanib, “The Jerusalem Post” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujum Tel-Avivning Levontin ko‘chasida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchilardan biri taxminan 20 yoshdagi yigit. Uning tanasining yuqori qismiga pichoq bilan jiddiy jarohat yetkazilgan va u shifoxonaga olib borilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum politsiya tomonidan ehtimoliy terrorchilik akti sifatida tergov qilinmoqda. Hujumchi Levontin ko‘chasida o‘tayotganlarga pichoq bilan zarba berishga uringan, shundan keyin u shu atrofdagi shaxs tomonidan otib o‘ldirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11920 | Инструменты