Huawei 1
Husiylar Isroil Mudofaa vazirligi binosiga zarba berdi

Yaman shimolidagi husiylar harakati G‘azo sektorida sulh bitimi kuchga kirishi arafasida Tel-Avivdagi Isroil Mudofaa vazirligi binosiga yangi hujum uyushtirdi. Bu haqda guruh rahbariyati “Al-Masirah” telekanaliga ma’lum qildi.

"Biz yuqori sifatli harbiy operatsiyani amalga oshirib, dushmanning Mudofaa vazirligi deb atalgan hududiga raketa hujumini uyushtirdik. Zulfiqor raketasi nishonga yuqori aniqlik bilan yetib keldi va tutib olish tizimlari unga qarshilik ko‘rsata olmadi", degan guruh harbiy matbuot kotibi Yahyo Sariya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, husiylar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar buzilgan taqdirda “tegishli harbiy choralar ko‘rish” uchun o‘z harakatlarini Falastin qarshiliklari bilan muvofiqlashtiradi.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Ma’lumot uchun, Mudofaa vazirligi Tel-Aviv markazidagi SAXAL shtab-kvartirasida joylashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11920 | Инструменты