Huawei 1
6 oyda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 34,4% MDH mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi

2024 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan savdosi tahlil qilindi

Unga ko'ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 34,4% MDH mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-iyun oylari yakunlari bo‘yicha 13,2%ga o‘sib, $11,0 mlrd. tashkil etdi.

- eksport – $4,1 mlrd. (+5,8%)

- import – $6,9 mlrd. (+18,3%)

MDH mamlakatlari bilan savdo aylanmasida eng ko‘p ulushlar Rossiya (53%), Qozog‘iston (17%), Turkmaniston (6%) va Qirg‘iziston (3%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты