Huawei 1
Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Qozog‘iston Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan o‘zbekistonliklardan ortga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslik so‘raladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, aniqlangan avtohalokatlarning asosiy qismi, nosoz avtomobil yoki tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilar tufayli sodir bo‘lmoqda.

“Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan hamda katta trassalarda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, ishonchli avtotransport vositasi va haydovchilar xizmatidan foydalanishingiz tavsiya etiladi”, deyiladi agentlik xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91622 | Инструменты