Huawei 1
Dovurxon Karomatov Paralimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Hozirgina para dzyudo bo‘yicha erkaklar o'rtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida bronza medal uchun tatamiga chiqqan hamyurtimiz Dovurxon Karomatov gruziyalik Lasha Kizilashvilini mag‘lubiyatga uchratdi va delegatsiyamiz hisobiga 7-bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, bu Dovurxon Karomatovning faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya medali hisoblanadi. U bundan avval Tokioda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты