Huawei 1
7 oyda O‘zbekistonda qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

Energetika vazirligi tomonidan joriy yilning o‘tgan yetti oyida O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi.

Ushbu davrda respublikamizda jami 47,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,1 mlrd kVt/soat yoki 4,7 foiz ko‘p demakdir

Shuningdek, respublika iste’molchilariga shu vaqt mobaynida 39,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Mazkur ko‘rsatkich 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 629,6 mln kVt/soat yoki 1,6 foiz ko‘p.

Avvalroq prezident farmoniga ko‘ra, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (“O‘zenergoinspeksiya”) Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazilishi xabar berilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91303 | Инструменты