2024-yil yanvar-avgust oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 64 521 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
- 59 067 tasi xarid cheki bermaslik;
- 3 033 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 138 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 2 283 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.
Murojaatlarning 34 742 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.
Murojaatlar asosida 22 536 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 22 777 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 15,1 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты