O'zbekiston elchixonasida Kuvaytning «Gulf Mysore general trading company W.L.L» kompaniyasi ijrochi direktori Anupam Jayn bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Unda O'zbekiston ishbilarmon doira vakillari bilan sheriklik aloqalarini yo'lga qo'yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport jug'rofiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Kuvayt tomoniga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, o'zbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Anupam Jayn Kuvaytda qator savdo do'konlari mavjudligini, ularda asosan hind milliy kiyimlari sotilishini ma'lum qildi. Shuningdek, tadbirkor O'zbekistondan o'zbek milliy liboslarini xarid qilishga va Kuvayt bozorida sotishga qiziqish bildirdi. Keyingi bosqichda esa O'zbekistondan matolarni olib kelish orqali tayyor kiyimlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan rejalarni amaliy amalga oshirish uchun «Gulf Mysore general trading company W.L.L» kompaniyasi vakillarining joriy yil aprel-may oylarida O'zbekistonga biznes-missiyasini uyushtirishga kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты