Huawei 1
Aprel oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 % ga oshgan

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning aprel oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.

Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik (2024 yil aprel oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,1 % ni tashkil etgan.

2025-yilning aprel oyida isteʼmol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 1 % ga oshgani kuzatilgan.

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 170 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.

Kuzatuv davomida 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari o‘rganilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50117 | Инструменты