Huawei 1
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi

O‘zbekistonda 1 maydan eʼtiboran elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi miqdorlari oshdi.

Bosh vazir 31 yanvarda imzolagan qarorga asosan, bu yig‘im miqdori:

  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun 4 barobarga – 30 BHM (11 mln 250 ming so‘m)dan 120 BHM (45 mln so‘m)ga;

  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan elektromobillar uchun 2,3 barobarga – 90 BHM (33 mln 750 ming so‘m)dan 120 BHM (78,75 mln so‘m)ga ko‘tarildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50120 | Инструменты