Huawei 1
Buxoroda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Aeolus haydovchisi vafot etdi

Buxoroda inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. 

Maʼlum qilinishicha, YTH kecha, 30 aprel kuni soat 10:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining Romitan tumani hududidan o‘tgan 256-kilometrida Aeolus mashinasi yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Aeolus haydovchisi, 1967 yilda tug‘ilgan I.M. voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo‘lgan, 1971 yilda tug‘ilgan Sh.P. (ayol) esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi kabi tan jarohatlari olib, Romitan tumani tibbiyot bo‘limiga yotqizilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50121 | Инструменты