Belgiya kompaniyasi O'zbekistonda zargarlik buyumlarini ekspertiza qilish va xalqaro sertifikatlash laboratoriyasini quradi

O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida dunyoning eng yetakchi zargarlik buyumlarini ekspertiza qilish va xalqaro sertifikatlash laboratjriyalardan biri Belgiyaning "HRD ANTWERP" vakillari Arzu Ozer va Tunjay Chaltekin hamda O'zbekistonning "LTD EXPERT ONE" kompaniyasi rahbar Bahoviddinxon Asomov va "LTD DIAMONDS AND COLORED STONES" korxonasi boshlig'i Bahodir Majidov o'rtasida tashkil etildi

Muloqot davomida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, Markaziy Osiyo va MDH hududida yagona bo'lgan qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlarini dunyo standartlariga muvofiq baholash va sertifikatlash markazini O'zbekistonda ochish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini Yevropa va Osiyo bozorlariga eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.

"HRD ANTWERP"ning zargarlik sohasidagi yuksak tajribasini inobatga olib O'zbekiston kompaniyalari platformasida o'quv markazlarini tashkil etish istiqbollari ko'rib chiqildi.

O'zbekiston tomoni qimmatbaho buyumlarni baholash va sertifikatlash mamlakatimiz uchun yangi soha ekanligini va ushbu yo'nalishda malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezilayotganini bildirdilar.

"HRD ANTWERP" vakillarining aytishicha, kompaniya vakolatxonasini O'zbekistonda ochish o'zbek ustalarining zargarlik buyumlarini dunyo bozoriga olib chiqish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Uchrashuv yakunida Belgiya va O'zbekiston kompaniyalari o'rtasida hamkorlik o'rnatish, baholash ekspertlarini tayyorlashga va yaqin kelajakda O'zbekistonda "HRD ANTWERP"ning maxsus laboratoriyasini qurish to'g'risida kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70711 | Инструменты