Huawei 1
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarimalaridan shikoyat qilish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 382-son qaroriga asosan, joriy yilning 1-sentyabridan boshlab my.gov.uz portali orqali Yo'l harakati qoidalari buzilishi yuzasidan chiqarilgan qarorlar va yuborilgan xabarnomalar bo'yicha Yo'l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron tartibda shikoyat qilish imkoniyati paydo bo'ladi.

Yuborilgan shikoyat arizalari YHXX tomonidan 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

Murojaat ko'rib chiqilayotgan vaqt mobaynida jarima uchun belgilangan chegirma muddati to'xtatib turilmaydi.

Agar shikoyat o'rinli deb topilsa, YHXX tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 271-moddasiga asosan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish tugatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100521 | Инструменты