Huawei 1
AP: HAMAS Isroil bilan sulh tuzishga dastlabki kelishuvni berdi

HAMAS va Misr vakillari AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan taklif etilgan G‘azo sektorida bosqichma-bosqich o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni dastlabki ma’qullaganini e’lon qildi. Ular bu haqda anonimlik sharti bilan Associated Press agentligiga xabar berishdi.

“Vashington formulasi boʻyicha bosqichma-bosqich kelishuv olti haftaga toʻliq oʻt ochishni toʻxtatishni oʻz ichiga oladi, bu bir necha garovga olinganlarni, jumladan, ayollar, qariyalar va yaradorlarni, bir necha yuzlab qamoqqa olingan falastinlikni ozod qilish imkonini beradi”, - deyiladi manba xabarida. 

Bundan tashqari, birinchi bosqichda Isroil Qurolli kuchlari G‘azo sektorining aholi zich joylashgan hududlaridan qo‘shinlarini olib chiqib ketishlari, shuningdek, janubga ko‘chirilganlarning uylariga qaytishiga ruxsat berishi kerak bo‘ladi. Aniqlik kiritilishicha, kelishuvning birinchi bosqichini amalga oshirish mumkin bo‘ladi, chunki HAMAS IDni G‘azodan to‘liq olib chiqib ketish talablarini rad etgan.

HAMA va Isroil vakillari kelishuvning ikkinchi bosqichi shartlari bo‘yicha muzokaralarni olti haftalik muddatda davom ettirishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100521 | Инструменты