O'zbekiston elchisi G'ayrat Fozilov Antverpen-Bryugge portining (Belgiya) xalqaro munosabatlar bo'yicha vitse-prezidenti Lyuk Arnauts bilan uchrashdi.
Muloqot chog'ida Antverpen-Bryugge porti bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va O'zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilishda port imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif davomida portning keng ko'lamli logistika xizmatlarini ko'rsatish, saqlash sig'imlari, qadoqlash, sifat nazorati, yorliqlash va katta hajmdagi tovarlarni yig'ish imkoniyatlari taqdim etildi.
Tomonlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqining "Global darvoza" strategiyasi doirasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Antverpen-Bryugge Yevropadagi ikkinchi yirik port va Belgiya iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Port yiliga taxminan 290 million tonna xalqaro dengiz yuklarini qabul qiladi. Unda Yevropadagi eng yirik kimyoviy moddalar klasteri joylashgan. Portda taxminan 164 ming kishi ishlaydi.
Antverpen-Bryuggening o'ziga xosligi dengiz, logistika va sanoat markazlarining integratsiyalashuvidadir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты