Huawei 1
Boʻstonliqda Xitoy andozalari asosida yirik dam olish maskani quriladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Urumchi shahrining Tayan-Shan togʻ tizmalarida joylashgan kurort zonasi faoliyati bilan tanishdi.

Bu borada mazkur sayyohlik hududi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi. Kelgusida, Boʻstonliq tumani “Oqtosh” hududida “Xevens Garden” majmuasi yonida zamonaviy andozalarda dam olish obyektini qurish boʻyicha ijobiy kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekistonda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish hamda loyihalash ishlarini boshlash boʻyicha Xitoy delegatsiyasi fevral oyida Toshkent viloyatiga tashrifi borasida kelishib olindi.

Loyihaning dastlabki investitsiya qiymati 10 million dollar deb baholanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42104 | Инструменты