Endilikda bir milliondan ortiq o‘zbekistonliklar "Coursera" platformasi orqali bepul onlayn ta’lim olish imkoniyatiga ega bo'ldi

25-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning Coursera kompaniyasi vakili bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab 1,2 million o‘zbekistonlik o‘g‘il-qiz IT’ning 3 ta asosiy yo‘nalishi (Frontend, Python course, IT-English) bo‘yicha Coursera platformasida onlayn kurslarda qatnashishi va tegishli sertifikatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ushbu kurslarni bitirgan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarning IT kompaniyalarda yuqori daromadli ishlarga qabul qilinishlariga yoki frilans orqali buyurtmalar olishlariga kengroq yo‘l ochiladi.

“Coursera” xalqaro ochiq onlayn ta’lim platformasi bo’lib, u bir qator kognitiv va ta’lim dasturlarini, jumladan, interfaol loyihalar va o‘zaro sharhlar, kurslar, mutaxassisliklar, dastur sertifikatlarini taklif etadi.

Shuningdek, Illinoys, Duke, Google, IBM, Stenford, Imperial College London va boshqalar kabi yetakchi kompaniyalar va universitetlar bilan hamkorlik qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112614 | Инструменты