Gʻijduvon tumanidan 150,8 gektar va Romitan tumanidan 200 gektar, jami 350,8 gektar bo‘sh yer uchastkalarini ajratish hisobiga “Gʻijduvon” EIZ hududi kengaytirilishi belgilandi. Bu bo'yicha prezidentning 2023-yil 11-yanvardagi PQ-3-soni qarorida so'z borgan.
Qaror bilan, Buxoro viloyati hokimligi Qishloq xo'jaligi vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda 1 oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib davlat yer kadastri ma'lumotlariga tegishli o'zgartirishlar kiritadi.
Shuningdek, viloyat hokimligi Qurilish va uy-joy kummunal xo'jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat vazirligi bilan birgalikda "G'ijdivon" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" DUK mablag'lari hisobiga 1 oyda “Gʻijduvon” EIZning yangi hududlari bosh rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ushbu qarorga ko'ra, “Gʻijduvon” EIZ yangi hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
O‘z navbatida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlari:
— ichimlik suvi, oqova suv tarmoqlarini hamda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — Davlat budjeti mablag‘lari;
— elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — tegishlicha ta’minotchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta’minotchi korxonalarga haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan budjet ssudasi mablag‘lari;
— aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — ta’minotchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta’minotchi korxonalarning hamda tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91208 | Инструменты