Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida o‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘uloti paytida kichik portlash yuzaga keldi.
Holat 10 sentyabr kuni Nukus dala o‘quv maydonida sodir bo‘lgan. Portlash mashg‘ulot uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi tufayli kelib chiqqan.
Oqibatda ishtirokchilaridan 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ularga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ko‘rilgan zarur choralar sababli harbiy xizmatchilarning sog‘ligi tiklanmoqda.
Holat yuzasidan xizmat surishtiruvi tayinlangan va mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91117 | Инструменты