Huawei 1
Italiya kompaniyasi O'zbekistondagi yirik qurilish loyihasida ishtirok etadi

O'zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning "ESB Group" kompaniyasi boshqaruv kengashi maslahatchisi, xalqaro aloqalar bo'yicha direktori Gaetano Krishi bilan uchrashuv o'tkazdi

Unda mazkur kompaniyaning O'zbekistonda yangi qurilish loyihalarini amalga oshirish, xususan, Samarqand shahrida barpo etilayotgan "Shirin" zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar majmuisi loyihasidagi ishtirokini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi

"ESB Group" kompaniyasi "Shirin" majmuasi hududida 20 gektar maydonda italyan arxitekturasining o'ziga xos an'analari va zamonaviy yutuqlari asosida uy-joy, sport, ta'lim inshootlaridan iborat mavze loyihasini ishlab chiqmoqda.

Kompaniya vakilining aytishicha, Abrusso viloyati seysmik hududda joylashgani tufayli, bu yerdagi qurilish kompaniyalari binolar zilzilabardoshligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratadi va ushbu yo'nalishda katta tajribaga ega.

"Bugun kunda O'zbekistonda qurilayotgan "Yangi Toshkent", "Bukhara City" kabi yirik loyihalar mamlakat qurilish bozorining dunyo miqyosida jozibadorligini yanada oshirishga va yangi hamkorlarni jalb etishga xizmat qilmoqda", – dedi Gaetano Krishi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91810 | Инструменты