Huawei 1
Italiyaning "Original Marines" kompaniyasi O'zbekistonda bolalar uchun kiyim ishlab chiqaradi

O'zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning mashhur "Original Marines S.p.A." kompaniyasi tashqi bozorlar bo'yicha direktori Gualtero Galli bilan uchrashuv o'tkazdi

Kompaniya o'zining dizayni bilan "Original Marines" savdo belgisi ostida 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun kiyim, paypoq va poyabzal ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan.

Gualtero Gallining aytishicha, bugungi O'zbekiston o'zining to'qimachilik sanoati rivojlanish sur’atlari, paxta xom ashyosi mavjudligi, Osiyo bozorlari yaqinligini e’tiborga olganda salohiyatli ishlab chiqarish maydoniga aylanmoqda.

Bundan tashqari, O'zbekiston to'qimachilik tarmog'ining yetakchi "BSCI", "OEKO-TEX", "SEDEX", "GOTS", "ISO" kabi korxonalari ijtimoiy himoya, ekologik, organik va sifat talablari bo'yicha xalqaro sertifikat va normalarga rioya qiladi. Bunday yondashuv esa Italiya kompaniyasining ijtimoiy barqarorlik, xodimlarni muhofaza qilish, bolalar uchun kiyimlar xavfsiz va zararsiz bo'lishini ta’minlash siyosatiga to'liq mos keladi.

Muzokaralar yakunida "Original Marines" va O'zbekiston ishlab chiqaruvchi hamda eksportchi korxonalari o'rtasida o'zaro manfaatli biznes aloqalarini o'rnatish, xususan bolalar uchun tayyor kiyim ishlab chiqarish bo'yicha buyurtmalarni joylashtirish masalasida kelishuvga erishildi.

Ma'lumot o'rnida, "Original Marines S.p.A." kompaniyasi 1983-yilda Neapol yaqinidagi Nola shahrida ta’sis etilgan. Bugungi kunda kompaniya o'z mahsulotlarini Italiyadagi 460 dan ziyod va dunyo mamlakatlarida 150 dan ziyod do'konlari orqali xaridorlarga yetkazib beradi. 2023-yildagi savdodan tushgan tushum 200 million yevroni tashkil qildi. Kompaniya yiliga 18 million dona mahsulot sotadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты