Jahon banki bilan O'zbekistonda yashil, quyosh va shamol energetikasi hamda vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilish ko'rib chiqilmoqda
Jahon bankining energetika bo‘yicha biznes missiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz" boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari B. Usmonov bank vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Jahon bankining energetika va gaz sektori mutaxassislari bilan O‘zbekistonda gaz sektorini isloh qilish va kam uglerodli vodorod ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” muhokama qilindi.
Tomonlar shuningdek issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish bo‘yicha dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar.
Shu bilan birga, Jahon banki energetiklari "O‘zbekneftgaz" bilan birgalikda yashil, quyosh va shamol energetikasi hamda vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni birgalikda o‘rganishni taklif etishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar yashil loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlarini birgalikda tahlil qilish bo‘yicha hamkorlikning keyingi bosqichlarini belgilab oldilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты