Rossiya Pasxa bayrami munosabati bilan Ukraina bilan urushda 30 soatlik otashkesim e’lon qildi. Bu haqda prezident Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Gumanitar nuqtayi nazardan, bugun soat 18:00 dan boshlab, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi – soat 00:00 gacha Rossiya tomoni Pasxa tanaffusini e’lon qiladi. Bu vaqt davomida barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishni buyuraman”, – dedi Putin RF qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan uchrashuvda.
Rossiya prezidenti Ukraina tomoni “Rossiyadan namuna olishiga” umid bildirdi.
“Shu bilan birga, bizning qo‘shinlarimiz tanaffusning raqib tomonidan ehtimoliy buzilishlari va provokatsiyalar bo‘lishiga, uning har qanday agressiv harakatlarini qaytarishga tayyor turishi kerak”, – dedi u.
Vladimir Putin, shuningdek, AQShning mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilishlarini olqishlashini qo‘shimcha qildi.
Ukraina tomoni hozircha Rossiyaning tashabbusiga munosabat bildirmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты