Huawei 1
Joriy yil may oyidan iste’molchilarga avtomobil xaridi, temir yo‘l va avia chipta xarid cheklari uchun “keshbek” qaytarilmaydi

Avvalroq, prezident farmoni bilan tadbirkorlar daromadidan kelib chiqib toifalarga ajratilishi haqida xabar bergandik

Mazkur hujjat bilan 1-maydan gaz zapravkalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralari majburiy o‘rnatilishi belgilangan.

Shuningdek, mazkur farmonga ilova tarzida davlat rahbari va hukumatning ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi nuqtalarda xaridni amalga oshirgan fuqarolarga xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi.

Bunda soliq organlarining mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini QR-kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tgan bank kartalariga oy yakuni bilan “keshbek"lar qaytarib beriladi.

Ta’kidlanishicha, avtomobil xaridi, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov hamda o‘zini-o‘zi band qilganlar tomonidan berilgan xarid cheklari uchun 1%lik “keshbek” berish amal qilmaydi.

Avvalroq, o‘zini-o‘zi band qilganlar tomonidan berilgan xarid cheklari uchun “keshbek” qaytarmaslik belgilangandi.

Eslatib o'tamiz, shuningdek, quyidagi hollarda keshbek hisoblanmaydi:

- agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;

- sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo‘lsa.

Shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazganda ham keshbek taqdim etilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты